Wednesday 25 August 2010

Sketches for my first show in London, Dervish.



Kings armour


The King


Dervish


Decoration sheet


Decoration sheet
All this are part of the costumes and decoration sheets being made for my show Dervish so far.

Tuesday 17 August 2010

DERVISH. First sketch for Dervish in Uzbek.

Darvesh
Sahna

Sahnani to’rt tomonida shiftga osilgan dekaratsiyalar, dekaratsiya materialga ishlangan va unga har hil jang kartinalari va otliqlar, va qasrlar chizilgan. Yana to’rt tomonda metal idishlarda olov yonib turibdi. O'rtada, polda esa polovik u ham o'sha zamon atmosferasini beruvchi rasmlar bilan chizilgan. /Rasmlar tomoshabin diqqatini tortmaydigan korimsiz rangda bolishi kerak./

Sahnada tutun, “zikr” fonogramada eshitiladi. Shu paytda sahnada Darvesh paydo bo’ladi. Asta sekinlik bilan sahnani 1 planiga keladi, shu paytda fonogramma pasayib keyin butunlay yoqoladi, Darvesh tomoshabinga bir oz sukunatda tikilib turgach sahnani bir chetiga borib o’tiradi. Bo’yniga osig’lik chanqovuzni olib sekin kuy chala boshlaydi.
To’satdan yana o’rnidan turib sahnani 1 planiga keladi, tomoshabinga qarab soz boshlaydi:

Darvesh:-
Men kimman?
Meni bir Darvesh deydilar,
Men shunchaki bir Rivoyatchi dildan dilga otkazguvchi, dunyo
kezib yuraman, dardim kuyga solaman. Deydilar bir devona,
boshpanasiz sarsona. Sizga ham bir doston aytib dilimni
yoritaman. Bu habarni dunyoga tarqatguncha yashayman.
Sozandayu hofizlar, san’at ahli dunyosi rivoyatga liq to’la.
/ chanqouvzni olib yana kuy chaladi, bir oz o'ylanib turgach davom etadi/
- Demak tinglang bir zamon, sharq osmonin ostida Buyuk davlat
bor edi. Uni Dono bir hukmdor qanotida asrardi.
Lekin asli voqea yurt emas, balkim sehirli bir kuy haqida, vafo,
Hamda ayriliq haqida….
Yahshisi men kuyga solay hukmini esa sizga qo’yay.
Osha sahovatli Shohni bir sevimli tulpori bor edi, Shoh uni jonidan ortiq ko’rardi.

/ sahna ortidan otni boshini olib chiqadi, uni sahnani o’rtasiga olib kelib arqonga osadi/
- Oddiygina bir tulpor deyish mumkin, Biroq Shoh uchun bu tulpor yaqinlardan yaqin edi. Balkim sehirli bir jonzot edi….
Ha, jonivor! Ha! /otni kishnagani, va tuyoq tovushlari eshitiladi/.
Shoh soatlab vaqtini shu vafodor oti bilan o'tkasardi.Atrofidagi odamlar bilan bo'lisha olmaydigan dardlarini shu otiga so'zlab o'tirardi. Dono tulpor go'yo Shohni dardiga hamdardday jim turib uni tinglardi.O'tkir nigohli ko'zlarida qandaydir ma'no bor edi bu otning. Shohning e'sa ich-ichidan yuragini e'zib keladigan bir alamli dardi bor edi. U befarzand edi. Qo'sha qo'sha hotinlar, haram to'la kanizaklar unga mehr berdi, ishq berdi, lazzat... lekin bittagina farzand, zurriyod tug'ib berishmadi. Saltanatni kelajagi kimni qo'llarida qoladi? Nahotki shunday buyuk davlatning Ulug' Shohi dunyoni zurriyodsiz tark etsa? Butun dunyo bo'ylab tabib-u bilimdonlarning ming hil davosini sinab ko'rdi. Yordam bermadi. Ohiri u taqdiriga tan berdi. Yaratganning bu ne'matini jazomi yoki tuhfa deb qabul qilishini bilmay ich-ichidan yonaverdi.
Biroq hayot davom etaverdi. Bu mo'l-hosil erlarga ko'z olaytirib ba'zan yovlar bostirib ham kelaverdi.
Butun shu monologi davomida ot bilan birga edi. Kutilmaganda do'mbira-yu nog'oralning ovozi yangraydi.Otning hurkib kishnagani, eshitiladi.Urushdan darak beradi.
Darvesh:-
- Dushman rahm bilmaydi. U bosqinchilik istaydi.Yurtni qamal qilmoqni, halqni e'sa qul e'tmoqni, boyligini talon taroj etmoqni istaydi. Yoshu qari oyoqqa turib, yovga qarshi chiqadi. Yurtda omonlik uchun hech kim ortga qaytmaydi. Kimda qurol, kimda ketmon, nishonlarni ko'tarib yovga qarshi chiqadi, daryolarda qip qizil qon to'lib toshib oqadi.
(Birinchi qatorda o'tirgan tomohsabinlarga 4 ta nishon beradi.)
-Nishonlarni ko'taring yovga qarshi bostiring.
Dushman yovuz, berahm rahm shavqat bilmaydi. Yosh , yigit pahlavonlar er tishlatib to'ymaydi. Onalarning faryodi samo bag'rin tirnaydi. Dushman yovuz, berahm. Rahm shavqat bilmaydi. Yosh qalliqlar beva endi, tug'ilajak sag'irlar. Dushman yovuz, berahm rahm shavqat bilmaydi. Lekin dono SHoh ba botir Halq ko'ksin qalqon tutib vatan uchun, Yurt uchun aslo ortga qaytmaydi. Dushman yovuz, berahm. Rahm shavqat bilmaydi.
Shu monologi davomida sahnaning birinchi planiga kamon o'qlarini sanchib shiqadi, dekarstiyalrni echib erga yotqizib qoyadi.
Hor.
Shu paytda darvesh sahnaning orqa planiga o'tib Shohning jang kostyumini kiyib, ot bilan qaytadi. Atrofga nazar tashlaydi, erga sanchilgan kamon o'qlari, erga yotqizilgan dekoratsiyada o'lib yotgan askarlar, bular hammasi dahshatli urushdan keyingi jang maydonini eslatadi. Shoh erdan kamon o'qini sug'urib oladi.
Shoh;-
-Jangu jadal... Qirg'inbarot urushlar! Biz uchun nega kerak shu yurushlar? Er talashib, boylik, dunyo hirsida hazon bolar necha necha yosh umirlar. Oh, yovuz inson. Mana qarang shuncha jon erda. Endi bularga bir parcha zamin bo'ladi kifoya?
Shu paytni o'zida Shoh ergan sanchilgan kamon o'qlarini terib oladi.
Yana Hor.
Shoh otini etaklab orqa planga o'tadi.Asta to'nini echib darvesh to'nini kiib yana birinchi planga qaytadi.
Darvesh;-
- Oh, shavqatsiz urush. Ajdar kabi tashlanding. Har tomonda begunoh, ojizlarni hor etding. Bir kam dunyo, dunyo o'zi shu ekan.
Boshini chayqab, dekoratsiyani qaytib avvalgi holiga keltira boshlaydi.
Darvesh;
- Shohni bu tulporidan boshqa yana bir ishonarli do'sti ham bor edi.
U saroydagi oddigina sozanda edi. O'zi juda yosh bo'lsa ham u yigit biroq uddabiron, zehni o'tkir, bilarmon yigit edi. Shoh uni musiqalarini tinglab charchamasdi. Uning chalgan kuylarida sehirli nolalar bor edi go'yo.Bu ikki hazinaga teng do'stlarini Shoh ko'z qorachig'iday asrardi. Ha, qanday qilib Shoh va oddiy sozanda do'st bo'lishi mumkin dersiz? Qaydam, buni men ham bilmayman. Aslida gadoni tengi gado deydilar. Lekin sirli dunyo bu dunyo. Hali bu yigit haqida yana eshitasiz.
Darvesh orqa planga o'tib Shohni kiyimini kiyib ot bilan qaytib chiqadi
Shoh:-
- Ha jonivor, bormisan, omonmisan? Sening yoningda boshqa joyda o'zimni yolg'iz his qilaman. Bilasanmi jangda men ko'proq nimadan qorqaman? Seni yoqotib qoyishdan. Yovuz tig'lar seni mendan ajratib qoyishidan qo'rqaman. Sen meni yolg'iz gavharim. Sen menga keraksan, yolg'iz senga suyanaman. Oh, vafodor tulporim seni egarlagan chog'larimda go'yo samolarga parvoz etaman. Biz ikkalamiz yarim yarim jon, birga bo'lsak bir butunmiz. Sensiz huddi tahtsiz Hukmdorga o'hshayman.

Ot kishnaydi, ikkalasi suhbatlishib orqa planga o'tadi. Orqadan ularning ketidan qarab Darvesh chiqib keladi.
Darvesh;-
- O'sha kunlar hozirgiday yodimda.Shoh bilan uning vafodor tulpori hamon ko'z o'ngimda. Asirlar o'tsa hamki oddiy jonivorning bu qadar vafosi haqida hanuz kuylab charchamayman.
Yana chanqovuzini olib chaladi. Shu paytda yana nog'oralar chalinadi.To'polon. Darvesh shoshib u yoqdan bu yoqqa qarab chopadi. Sahnani jang kartinasiga tayorlaydi.
Darvesh;-
- O-oh, o'ngu chapdan g'ov keldi, e'lga yana yov keldi! Shoh yana otlanar jangga, sichqon ini ming tanga! Bayroqlarni ko'taring, yovni har yoqdan o'rang, Shohga omonlik tilang.
Yugurub orqa planga o'tadi.Yana Shoh bo'lib qaytadi. Jang boshlandi. Nog'oralar chalindi, baqir chaqir dovushlar, otlarnig kishnagani eshitildi. Shohning qo'lida qilich, go'yo yov bilan kurashadi. Chiroq bir qorong'ulashib qaytganda Shohni erda yotgani ko'rinadi. Ot o'zi yolg'iz u yoqdan bu yoqqa qarab chopadi. Shu paytda urush sadolari fonga o'tib ayol kulgisi eshitiladi. Shoh sekin boshini ko'taradi. O'rnidan turmoqchi bo'ladi, Ovozni egasini qidirib atrofga qaraydi.
Ayol Ovozi;-
- E'y Ulug' Shoh, senga nima bo'ldi? Tur o'rningdan. Kel birga ishq mayidan ichamiz. Senga ne kerak bo'ldi shu urushlar? Kel birga rohat damlarin totamiz.
Shoh bir ammalab o'rnidan turadi. Gapirmoqchi bo'ladi biroq bir so'z aytolmaydi. Sekin asta hayolidagi go'zal ayolning yoniga boradi. Endi u butunlay badanidagi butun og'riqni, jarohatni unutgan edi. Ko'z o'ngidagi ayol uning ustidan jang kiyimini echib oladi. /Shoh bu harakatlarni hammasini ozi bajaradi/. U ishq mayiga shirakayf bo'lgan mahal uzoqdan chaqaloqning yig'isi eshitiladi, Shoh sekin atrofga qaray boshlaydi. Ayolning jaranglab kulgan kulgusi kuchayveradi, chaqaloqning yig'lagan ovozi ham. Shoh alaqsirab erga yiqiladi, kulgi va chaqaloqning yig'isi birdan to'htaydi. Shohni ustida Ot paydo bo'ladi. Shoh sekin boshini ko'tarib otiga qaraydi, uning yuganidan ushlaydi. Chiroq ochib yonganda sahnada hech kim yoq edi.
Sahnaga Darvesh chiqib keladi.
Darvesh;-
- Ha shunday sirli tulpor edi u. Shohni atrofidagi vaziru ulamolar Shohga emas aslida tahtga qulluq qilganda u yagona Shohni yo'nida sidqidildan tiz cho'kkan vafodor tulpor edi. Oh, bir kam dunyo bu dunyo, zolim dunyo bu dunyo.
Chanqovuzini olib chaladi, Birdan tohtaydi, tomoshabinga tikilib qoladi.
- Shohni qorong'u dunyosini yoritgan, alamini ichiga yutgan, ajal etagidan olib chiqqan shundayin sirli jonzot, bemminat homiy edi u.
Yana chanqovuzini chalganday bo'ladi. Birdan to'htaydi, o'ylanib qoladi, keyin tomoshabinga yuzlanib yana gap boshlaydi.
- Bir kun kelib shu vafodor tulporini betob bo'lishi mumkinligini, yoki bo'lmasam u tulpor shunchaki Shohdan ko'ra ko'proq umir kechirolmasligini dono Shoh hatto hayoliga ham keltirmagan edi. Bir kam dunyo bu dunyo, zolim dunyo bu dunyo.....
G'amga botib og'irgi so'zlarini pichirlab takrorlab orqa planga qarab ketadi. Shoh bo'lib qaytib keladi. Tomoshabinga tikilib qoladi. Chiroqlar qorong'ulashib, shamol, momoqaldiroq gumburlaydi, jala quya boshlaydi, chaqmoq chaqnaydi. Eshik taqqilaydi.
Shoh;-
- Ne habar? Shunday sovuq mahalda?! Ne habar, quyosh qattiq uyquda, hatto oy ham shamoldan yuzin yashirib, bulutlarga o'ralgan tunda, er titratib chaqmoq chaqqanda, ne habar?! Ne jur'at bu meni bedor etmoqqa?
Bir oz sukunatdan so'ng,;
-Oh, nodon vazir. Ko'nglim sezib turibdi, habaring emasdur yahshilik. Mukofot emasdur ko'zlagan yo'ling. Avf e'taman. Tur o'rningdan. Mayli rahm aylayman, habaringni etkazgin, hizmatingni o'tagin.
Shoh yana bir oz jim qoldi. Yuzida ichki holati ozgardi.
- Oh, habar bo'lsa edi yangi urush, yoki dushman qahri. O'g'irlangan hazina, yoki saroydagi bir fitna, hiyonat, mayli edi, bo'lmas edi bu shu qadar katta kulfat.
Shoh birinchi planga chiqadi, chiroqlar yonadi. Tashqarida shamol, yomg'ir to'htaydi. Muzika.
- Hukm etaman! E'shiting va yahshilab eslab qoling. Butun saroy ahli, mamlakat tulpor dardiga davo izlasin. Tulporimni davolagan, egarlab huzurimga olib kelganni boshidan zar sochaman! E'shiting va yashilab eslab qoling! Agar tulporim mum tushsa yo o'lsa, kimda kim shu habarni etkazsa menga mukofoti bo'ladi o'lim! Bu mani Shohona so'zim. Yo'qol ko'zimdan!
Shoh bir oz sukut saqlab turgach, birdaniga tizzasiga tushadi. Erga qarab qoladi. Sekin ustidan to'nini echib yana darveshga aylanadi.
Darvesh Shohni holatini davom etib turib so'z boshlaydi.
Darvesh;-
- Tabiblar chorasini topolmadi. Ot o'ldi... Vazirlar zir yugurdi, hammani qo'rquv vahima bosdi. /tomohsabinga yuzlanib/ Ho'sh bu habarni Shohga kim etkazadi endi? Sizmi? Yoki sizmi? Yo'q, kimki bu habarni etkazsa Shohga boshidan judo bo'ladi. Shohga bu habarni etkazishga hech kim jur'at etmasdi. Biroq, saroydagi yosh sozanda yigit saroy ahli oldiga chiqdi.. /Darvesh qo'liga sozni olib sozandaga aylandi/
Sozanda;-
- Ruhsat eting ahli ulamo, ulug' Shohga bu habarni men etkazsam. Chorasin izlab topib barchani halokatdan qutqarsam.
Darvesh;-
- Hamma maqul deb topdi. Lekin sozandaning qarorin tentaklik deb tan oldi.
Sozanda sozin qo’lga olib, dardini kuyga solib Shoh bogiga otlandi. Bog’ga etib kelganda Shohni homush uchratdi. Atrofida hizmatkorlar hizmatda, lekin bahtsiz edi u, ko’rinishidan nohush edi u. Shunda sozanda sozini asta sozlab, Shohdan sal narida bog’ning bir chetida o’ziga makon topdi, sozini asta chertdi. /fonda kuy yangraydi/
- Kuy bog’ga zum taraldi. Kuy havoni mahf etdi. Sozandaning kuyidan mo’jiza tez taraldi. Dono sozanda shunda bor qudratin ishga soldi, /kuy afjiga chiqa boshlaydi/
- Shohning dardini anglab bir zumda kuyga soldi. Qushlar kuylashdan ham to’htadi, bu kuyga hayron bo’lib hatto shaboda ham to’htadi. Bir zumga hattoki vaqt ham to’htab qolgandek bo’ldi. Shohning butun vujudi alangaga aylandi.
Fonda otning kishnagani, chopi kelayotgani eshitiladi va kutilmaganda kuy eng avjida uziladi. Ot ham yoqoladi.
Bu paytda darvesh Shoh bo'lib sahnaga qaytgan edi.
Shoh;-
- Yo'-o'q!
Otning oyoq tovushlari, eshitiladi. Sahnaga qorong'ilik tushib faqat otga chiroq tushadi, uning ustiga oq yoping'ichi bor edi. Ot sekin yuqoriga ko'tarilib chiroq o'chadi. Chiroq qaytib yonganda Shoh erga mukka tushib o'tirgan edi. Sekin o'rnidan turib elkasidan to'nini tashlaydi, Darveshni to'nini kiyiadi.;
Shoh-Darvesh;-
- /uzoqqa tikilb/ - Sozanda sozini qo'lga olib asta meni tark etdi. Hech kim uni to'htatmadi. Menga bu habarni u etkazmadi.Men o'zim... anglab etdim. Shu bois ham hech kimni qatl etmadim.
Men kimman? Men endi shunchaki bir rivoyatchi, deydilar bir devona, boshpanasiz sarsona. Doston kuylab dilimni yoritaman, bu habarni dunyoga tarqatgucnha yashayman.


TAMOM