Tuesday 16 November 2010

ASAR

ASAR
Alamlarimni qog'ozdan olibmi yoki  dardimni qog'ozga to'kibsochsam  yuragimdagi yaralarim engil tortadi deb fikr qilibmi bilmadim  yozaverdim... Tunda uyqularim yoqotib yozdim, kundayam yolg'izligimdan  
yozaverdim, yo'ldayam avtobus, poezd, metroda, samalyotda...  
yozaverdim. Hech qachon, hech kimga hatto eng yaqinimga ham  
aytmaganlarimni yozdim. Hammasini yozdim, yurak yuragimdagi yillab  
yotgan dardlarni so'zga bulab yozdim. Goho yig'lab, goho ho'rsinib bazan shirin orzularga, hom hayollarga berilib tabbasum ila yozdim. Endi buni Kitob qilib chop etsam o'qiganlar ko'zi yoshga,
bag'ri  rahmga to'lib, og'ir  dardimdan chuqur chuqur ho'rsinib o'qiwlariga  
amin edim. Har bir yozilgan varaqni qayta qayta o'qib chiqaverdim. Har  
o'qiganimda dilmni alam, sog'inch, armon o'rtayverdi. Ko'zlarimni  
jiqqa jiqqa yoshga bulg'ayverdi... Nihoyat bir kun o'zimga o'zim  
"Bo'ldi, dunyoda bitta fojeali yurak bo'lsa shuncha bo'larda" dedimda  
mungli asarimni nihoyasiga etkazishga ahd qildim. Shunday qildim ham.
Endi asarimga nom berish kerak edi, oylab o'tirmay asarni nomini  
"Men Seni Sevaman" deb atadim....
O'ylanib qoldim... endi bu kitobni o'qiwdan Nima foyda? 10 yildan  
buyon yozayotgan asarimni butun ma'nosi shu ekan holos:
Men seni  sevaman... Qolganlari e'sa shunchaki ehtiros holos...
Mahzun.

No comments: