Sunday 19 May 2013

ORZU ARTS

2007 yil Londonga ilk bor qadam qoyganimda bir kun kelib dunyoning Teatr markazlaridan biri bo'lmish shu ulkan shaharda men ham o'z teatr jamoamni yig'a olishga, qoyingki aqalli biron bir kichik asarni sahnaga olib chiqishga muyassar bo'laman deb oylamagan ham edim.
Ustozim, Toshkent Davlat San'at Oliygohining ko'zga ko'ringan Usta Murabbiylaridan biri Hamida Mahmudova "Teatr shunday sehirli dargohgki unga qadam qoydingmi, bas, fikru hayolingni bir umirga olib qoyadi" degan edilar. Darhaqiqat Teatr atalmish dargohning sehirli toriga ilinganimdan afsusda emasman. Shu "olamni" kezib sarson bo'lganimdan bahtlimanki zinhor dilivayron emasman.

O'tgan bir yarim yil ichida truppamiz bilan ikkita asarni o'z tashshabusimiz bilan Buyuk Britaniyaning poytahti bo'lmish Londonda tomoshabin e'tiboriga havola qildik. O'ylaymanki takrorlanmas O'rta Osiyo millatlarini san'atini elga tanitishda dengizdan tomchidek bo'lsada hissamizni qo'shishga muyassar bo'layapmiz.

Bu beminnat savob ishga sidqidildan bel bog'lagan vatandoshlarimiz bilan tanishing, ular: Abdurashid Shodiev , aktyor, tashkiliy ishlar  (Toshkent), Nazgul Jhuzumova aktyor (Bishkek), Sevara Yakubova  aktyor, raqs va sahna harakatlari (Toshkent),  Sardor Mirzahodjaev qoshiqchi va musiqachi, (Toshkent) va men Yuldosh Juraboev  rejhisyor, aktyor, (Osh, Fargona).

Oldinda hali yana rejalashtirilgan ulkan mashaqatli biroq lazzatli sarguzashtlar kutmoqda bizni.

Hozircha e'sa bizning web manzilga tashrif buyurib biz bilan yaqindan tanishib boring.
http://www.orzuarts.co.uk/

fikr va mulohazalringizni doim iliq qarshi olamiz .

No comments: